UEFA: mavsum-2020/21da evrokuboklarning saralash bosqichi qisqartirilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1024

UEFA matbuot xizmati OAVda tarqalgan Chempionlar ligasi va Evropa ligasining 2020/21 yilgi mavsumida saralash bosqichi qisqartirilishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga munosabat bildirdi.
«UEFA o'z milliy chempionati orqali Chempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan klublarni bu imkoniyatdan mahrum qilish haqida hech qachon o'ylab ko'rmagan. UEFA hozirda vaziyatni kuzatib bormoqda hamda evrokuboklarning keyingi mavsumi saralash bosqichiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan har qanday omillarni o'rganmoqda. Ayni paytda evrokuboklarning saralash bosqichi uchun hech qanday variantlar ishlab chiqilmagan», — deyiladi tashkilot tarqatgan bayonotda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150