Xitoy klubi bankrot deb e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 494
43
Xitoyning «Tyantszin Tyanxay» klubi o'zini bankrot deb e'lon qildi. Shu bois, klub Superliganing yangi mavsumida ishtirok etmaydigan bo'ldi. Ushbu jamoa 2015-2018 yillarda «Tyantszin Tsyuantszyan» nomi ostida faoliyat yuritgan edi.
Klubning qarzi 150 million dollarga etgan edi. OAVda tarqatilgan xabarga ko'ra, koronavirus pandemiyasi paytida futbolchilar o'z maoshlaridan to'liq voz kechishgan. Shunga qaramay, klubning moliyaviy ahvolini yaxshilashning imkoni bo'lmagan.
O'z vaqtida «Tyantszin» safida Aksel Vitsel, Aleshandre Pato, Luis Fabiano, Antoni Modest kabi taniqli futbolchilar to'p tepgan. Jamoaning eng yaxshi natijasi — Xitoy chempionatining 2017 yilgi mavsumida 3-o'rin.
Ma'lumot o'rnida. Joriy yilda Xitoy hukumati «Tyantszin» klubi xo'jayini — "Quanjian Group" kompaniyasi asoschisi Shu Yuxuini bemor bolaning o'limiga aloqadorlik aybi bilan hibsga olgan edi.

Bosh sahifaga
218