«Barselona» Todiboni «Yuventus»ga o'tishiga qarshi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Miralem Pyanichning transferiga o'z himoyachisi Jan-Kler Todiboni kiritmoqchi, deya xabar bermoqda Diario Sport.
«Blaugranaslar» shu yilning yozida Pyanichni o'z saflariga qo'shib olishni jiddiy xohlashmoqda. O'z navbatida «Yuventus» klubi koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab Miralem bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Pyanich «Barselona» bilan shaxsiy masalalar bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246