Rangnik: «Verner murabbiyning ishonchini his qilishi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
Germaniyaning «Leyptsig» klubi sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoasi hujumchisi Timo Verner haqida fikr bildirdi.
«Timo keyingi faoliyatini qaerda davom ettirishi haqidagi so'nggi qarorni o'zi qabul qilishi kerak. U "Leyptsig"da qolib nimaga qodir ekanligini tushunadi. Agar Verner jamoada qolsa, u holda keyingi mavsum yana EChL madhiyasini tinglash baxtiga muyassar bo'ladi.
Ammo, hozir asosiy savol bu qaysi jamoadan ko'proq jiddiy qiziqish bo'lishi. Timo – murabbiyning o'ziga bo'lgan ishonchini his qilishi kerak bo'lgan futbolchi. Agar futbolchiga qaer qulay bo'lsa, u o'sha erda o'zining yorqin o'yinini namoyish eta oladi», — dedi Ralf Rangnik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!