«Barselona» «Lion»ning yana bir futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249
Frantsiyaning «Lion» klubi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning «Barselona» klubi 22 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar transfer oynasi ochilishi bilanoq braziliyalik futbolchi bilan muzokara olib borish niyatida.
«Lion» Bruno Gimaraesni shu yilning yanvar oyida 20 million evro evaziga «Atletiko Paranaense» klubidan sotib olgandi.
Avvalroq, "Barselona" "Lion" hujumchisi Memfis Depayga qiziqish bildirayotganligi haqida xabar bergandik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!