Belarus chempionatining 2ta o'yini boshqa muddatga ko'chirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232
Belarus futbol federatsiyasi ijroqo'm byurosi chempionatning navbatdagi turidan o'rin olgan 2ta uchrashuvni boshqa muddatga ko'chirish haqida qaror qabul qildi.
«Minsk» futbolchisi koronavirusga chalingani taxmin qilingani uchun jamoaning «Neman»ga qarshi o'yini belgilangan vaqtda o'tkazilmaydigan bo'ldi. Endi minskliklarning qolgan o'yinchilari ham tekshiruvdan o'tishlari kerak.
Shuningdek, Birinchi liga doirasidagi «Arsenal» Dzerjinsk — GOBJD o'yini ham qoldirildi. Sabab — «Arsenal» futbolchisida koronavirus simptomlari aniqlangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!