Manba: "Barselona" "Uotford" futbolchisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

"Uotford" chap qanot himoyachisi, hozirda "Osasuna"da ijaraga to'p surayotgan Pervis Estupinyan faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Sport.es nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchini 10 million evroga sotib olishga va keyin uni boshqa ispan klubiga ijaraga berishga tayyor. Ushbu jamoa "Valyadolid" bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Ta'kidlash joizki, Osasuna Estupinyanni 2021 yil yozigacha ijaraga olgan va kelishuv muddati tugamaguniga qadar u bilan xayrlashishni istamayabdi, ammo "Uotford" o'yinchini muddatidan avval qaytarish imkoniyatiga ega.
Manba: Sport.esFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142