Italiya terma jamoasi afsonasi Kellinini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379
Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Luka Toni "Football Italia" nashriga bergan intervyusida Mario Balotelli sha'niga nojoiz gaplarni aytgan "Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellinini tanqid qildi.
"O'ylashimcha, ular nohaq edi. Inson o'zini bunday tutmaydi. Jorjo buni hech qachon Marioning yuziga aytmagan. Bu yaxshi emas.
Bundan ham yomoni — bunday muhokamalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ular o'zaro uchrashib, vaziyatga oydinlik kiritib olishsa yaxshi bo'lardi", - dedi Toni.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!