Ispaniya chempionatining taxminiy boshlanish sanasi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 481
La Liga 12 iyun kuni chempionatni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Liganing aksariyat klublari mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Chempionat iyun-iyul kunlari o'ynalib, avgust oyida evrokuboklar o'tkazilishi kutilmoqda.
Ushbu sanani Ispaniya sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlashi kerak. Zaxira variant sifatida 19 iyun ko'rib chiqilmoqda.
Hozirda klublarning asosiy vazifasi — kasallik yuqtirib olishning oldini olish. Mashg'ulotlarning ilk kunlarida futbolchilar va murabbiylar niqob taqib, qo'lqop kiyib mashg'ulotda ishlashmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!