UFC 249. Markaziy jang kutilmagan natija bilan yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425
AQShda koronavirus sabab yuzaga kelgan uzoq tanaffusdan so'ng dastlabki UFC turniri tashkil etildi.
UFC 249 turnirining markaziy jangida Toni Fergyuson Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqdi. Ushbu bahs vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etildi.
5 raundga mo'ljallangan bahs to'liq 5-raundda yakuniga etdi. Bahs davomida asosan Jastin Getji ustunlik qildi. Toni Fergyuson o'zidan kutilgan jangni namoyish eta olmadi. Beshinchi raundga kelib Toni Fergyuson o'tkazib yuborilgan zarbalar natijasida hakam jangni to'xtatdi va Toni Fergyuson texnik nokautga uchradi.
Endi Jastin Getji engil vaznning vaqtinchalik chempioni va u navbatdagi jangini Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkazadi.
Manba: Olamsport.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!