«Nyukasl» kelasi haftada saudiyaliklar qo'liga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

"Nyukasl" klubi kelasi haftada yangi xo'jayin qo'liga o'tadi. Jamoani Muhammad bin Salmon boshqaruvidagi Saudiya Arabistonining mustaqil jamg'armasi sotib oladi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi 13 yil davomida "Nyukasl"ni boshqargan Mayk Eshli klubni 300 million funt evaziga saudiyalik investorlarga sotishga rozi bo'ldi. Hozirda Premer-liga bo'lajak xaridorlarning tozaligi va mablag'ining ishonchliligi borasida tekshiruvdan o'tkazmoqda.
"Daily Star" tarqatgan xabarga ko'ra, kelasi haftada "qarg'alar" Mayk Eshlining qo'lidan "uchib" ketadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
115