Melo ham Kellinining tanqidini javobsiz qoldirmadi: U ishtoniga «bajarib» qo'yardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 953

«Yuventus» klubi sobiq o'yinchisi Felipe Melo turinliklar himoyachisi Jorjo Kellinining tanqidiga javob qaytardi.
Italiyalik futbolchi Meloni yomonlar ichra eng yomon deya atab, jamoadagi muhit buzuvchi futbolchi sifatida tasvirlagan edi.
«U aynan nimani nazarda tutganini bilishni istardim. Men «Yuventus»da o'ynaganimda, hech qachon o'yinchilarga, rahbariyatga va klubga nisbatan hurmatsizlik qilmaganman. Kellinini esa endi hurmat qilmayman. Hech qachon.
U meni yomonlar ichra eng yomon deb atab, hamisha janjallar men orqali boshlanishini aytdimi? Kellini esa hamisha qo'rqoq bo'lgan va ishtoniga "bajarib" qo'yardi...
Ehtimol, men «Galatasaroy»ga o'tib ketib, so'ngra «Yuve»ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborganim uchun u mendan xafa bo'lgandir. Yoki «Inter» 2010 yilda treblga erishgani unga qattiq botganmikin? Men esa interistman.
Shuningdek, biz 2009 yilgi Konfederatsiyalar kubogida Italiyani yirik hisobda mag'lub etganimizni eslatishdi. Balki Kellini terma jamoa bilan hech qanday sovrinni qo'lga kiritmaganidan alamzada bo'lsa kerak», — dedi Melo "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
145