Kellini: «Balotelli — kaltak eydigan darajada yomon inson»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini faoliyati davomida qaysi o'yinchi hafsalasini pir qilganini aytdi.
"Bu haqda avtobiografiyamda ham yozgandim, yana takrorlashim mumkin. Mario Balotelli — yomon inson, u kollektivni hurmat qilmaydi. Konfederatsiya kubogi-2013 paytida u jamoaga hech qanday yordam bermagan edi. U o'zining sust harakati bilan kaltak eyishga munosib bo'lgan edi. Ba'zilar uni jahonning eng kuchli besh hujumchisi safiga kiradi, deb o'ylaydi, ammo u hech qachon kuchli yigirmatalikda ham bo'lmagan.
Undan ham yomonroq o'yinchi bor — Filipe Melo. U haqiqatan ham yomonlarning yomoni. Atrofdagilarni hurmat qilmaydiganlarni hurmat qilmaydiganlarni ko'rishga ko'zim yo'q. Melo jamoada o'ynaganda keskinlik hukm surardi va bu istalgan paytda janjalga aylanib ketishi mumkin edi. Men bu haqda rahbariyatiga aytgan edim. Ya'ni Filipe — "qurt egan olma".
Bu so'zlarim ular bilan keyingi uchrashuvimga ta'sir qiladimi? Mening yomon niyatim yo'q. Agar yigitlar bilan gaplashishga to'g'ri kelsa, bu ishni qilaman. Har bir insonning do'sti bo'la olmayman, ammo bu ikkisi chegaradan chiqib ketishgan edi", — dedi Kellini "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
124