Lui van Gal nima uchun "MYu"dan ketganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 364

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal uning ketishiga jamoa bosh direktori Ed Vudvordning "hissasi" katta ekanligini yashirmadi.
«Men Vudvordni ishdad bo'shatilimda Mourinodan ko'ra ko'proq ayblayman. Mening nazarimda, Vudvord — haqiqiy yovuz.
Endi men nafaqadaman va texnik direktor yoki ekspertlik ishlariga qiziqmayapman. Turmush o'rtog'im menga hamroh bo'lishi uchun 22 yil avval ishdan bo'shagandi. Men unga 55 yoshimda nafaqaga chiqishimni aytgandim, lekin men 65 yoshgacha ishladim», — dedi niderlandiyalik mutaxassis Een-tweetje met Yves podcast dasturida.
Eslatib o'tamiz, van Gal «Old Trafford»da 2014 yildan 2016 yilgacha ishlagan. U ketganidan keyin jamoaga Joze Mourino kelgan.

Bosh sahifaga
246