FIFA VARdan voz kechishga ruxsat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

Ichki chempionatlar qayta tiklanganidan keyin FIFA milliy federatsiyalar VARdan voz kechishlariga qarshilik qilmaydi.
Avvalroq Halqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) ham videoassistentdan vaqtincha voz kechishga ruxsat bergandi.
Shu bilan birga, FIFA VAR tizimi qo'llaniladigan mamlakatlarda uning qoidalari o'zgarmaganligini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli ko'plab chempionatlar muddatdan oldin yakunlandi. Bir nechta davlatlar esa tomoshabinlarsiz o'yinlarni o'tkazib, chempionatni yakunlab qo'yish variantlarini ko'rib chiqishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234