"Lion" chempionatni muddatdan oldin yakunlagani uchun PFLni sudga bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328
Frantsiyaning "Lion" klubi prezidenti Jan-Mishel Ola musobaqaning qolgan o'yinlari bekor qilinib, chempionatni muddatdan oldin yakunlab qo'ygani uchun Professional futbol ligani sudga berishga tayyorgarlik ko'rayotganini tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, muddatdan oldin yakunlangan chempionatning turnir jadvaliga qaraganda, "Lion" ettinchi o'rinni egalladi va kelasi yili Evrokuboklarda ishtirok etish baxtidan mosuvo bo'ldi.
- Biz bu borada uzoq o'yladik, omma baribir sudga berishga qaror qildik. Pul - "Lion"ning asosiy tashvishi emas. Bu klub eng pastdan eng yuqoriga chiqib kelgan. Avvaliga chempionatni qaytarish imkoniyatlarini o'rganib chiqishlarini talab qildik. Biz barcha Evropa mamlakatlarida "yashil chiroq" berilgan prtokollarni Bosh vazir va sog'liqni saqlash vaziri bilan batafsil muhokama qilishimiz mumkin. Ikkinchi sud jarayoni - bu mavsumni yakunlash haqida. Biz ularning qonuniymi yoki yo'q, shuni aniqlashimiz kerak- dedi "Lion" klubi prezidenti.