"Latsio" Suares bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 552
"Latsio" klubi sport direktori Igli Tare jamoada Luis Suaresni ko'rmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
22 yoshli kolumbiyalik futbolchi joriy mavsumni ijarada "Saragosa"da o'tkazmoqda, uning transfer huquqi "Uotford"ga tegishli. "Burgutlar" futbolchi bilan kelishib olgan, endi klub bilan kelishsa bo'lgani. "Uotford" hujumchi uchun 10 million evro atrofida so'ramoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Suares Segundada 17ta gol urib, 3ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!