Liga 1 «Oltin butsa»si sohibi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

O'tgan haftada Frantsiya chempionati muddatidan oldin yakunlangani haqida qaror qabul qilindi. Endi esa individual sovrinlar egalari e'lon qilina boshladi.
Mavsum to'purariga atalgan «Oltin butsa» sovrini "PSJ" forvardi Kilian Mbappega nasib etdi. Frantsiyalik futbolchi mazkur mavsumda 18ta gol urdi.
"Monako" hujumchisi Vissam Ben Yedder hisobida ham shuncha gol bor edi, ammo u gollarining 3tasini penaltidan urgani uchun sovrin Mbappega topshirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198