"Arsenal" "Bavariya" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297
Bild nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Londonning "Arsenal" klubi Myunxenning "Bavariya" klubi yosh yarim himoyachisi Angelo Shtillerga qiziqish bildirmoqda.
19 yoshli "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hali asosiy jamoada debyut uchrashuvini o'tkazishga ulgurmadi, biroq, u yoshlar chempionatida samarali o'yin namoyish etmoqda.
"Kanonirlar" kelasi yili shartnomasi yakunlanadigan futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, qolaversa, Shtiller "Bavariya" klubining asosiy tarkibidan joy olishi qiyin bo'lishi "Arsenal"ga qo'shimcha yordam beradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!