"Chelsi" futbolchisi "Milan"ga o'tishni xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 287
CalcioMercato portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, markaziy himoyachi Temua Bakayoko Italiyaning "Milan" klubiga o'tib, asosiy tarkibdan muntazam joy olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Londonning "Chelsi" klubiga tegishli hisoblanadi, lekin joriy mavsumni Frantsiyaning "Monako" klubida ijara asosida o'tkazdi. "Ko'klar" o'z futbolchisini sotishga tayyor, lekin "Monako" klubi uni yana ijaraga olmoqchi.
Shuningdek, Bakayokoga Ispaniyaning "Sevilya" klubi ham davogarlik qilmoqda. Ular ijara uchun 5 million to'lashmoqchi va keyinchalik 25-30 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega bo'lishmoqchi.
Bakayokoning o'zi esa "Milan" klubiga qaytishni xohlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!