Kulibali qaysi klubga o'tmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448
"Napoli"ning markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishga qarshi emas. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, agar klub arab shayxlariga o'tadigan bo'lsa, Kulibali "qarg'alar" safiga o'tishga tayyor. Uning transfer narxi taxminan 80 million evroga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, "Napoli" moliyaviy inqiroz sababli Kulibali bilan xayrlashishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!