"Milan" Ibrohimovich o'rniga kimni olib kelmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrohimovich o'rniga o'rinbosar izlamoqda. Bu haqda La Stampa xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, agar Ibrohimovich "rossonerilar" bilan yangi shartnoma imzolamasa, "Milan" "Torino" hujumchisi Andrea Belottini olib kelmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Belotti xizmatiga shuningdek, "Roma" va "Napoli" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ular hujumchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!