Rasman! Ispaniya kubogi finali tomoshabinlar ishtirokida o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256

"Atletik" va "Real Sosedad" klublari Ispaniya kubogi finalini tomoshabinlar ishtirokida o'tkazish borasida o'zaro kelishib, bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasiga taklif yubordi. Federatsiya esa ushbu taklifni ma'qulladi.
"Ispaniya kubogi — buyuk tarixga ega bo'lgan musobaqa. Final tomoshabinlar bilan o'tishi kerak. Shuning bois klub rahbarlariga ushbu qaror uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Final yuqori saviyada muxlislar ishtirokida o'tishi uchun barcha choralarni ishga solamiz. Shu bois, o'yin 2020 yoki 2021 yilda ham o'tkazilishi mumkin. Muhimi, u Ispaniya kubogining 2020/2021 yilgi mavsumi finaligacha o'tkazilsa bo'lgani", - deyiladi federatsiya rasmiy saytda berilgan bayonotda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222