"Yuventus" hujumchisi Madridga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458

"Atletiko" "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone Iguainni jamoani tark etishi kutilayotgan Diego Kostaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" hujumchisi bilan xayrlashishga qarshi emas. Joriy mavsum Iguain 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan. Gonsalo avval Madridning boshqa klubi "Real" sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279