Pike: «O'zimni boshqa futbolkada tasavvur qila olmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jerar Pike faoliyatini tugatish rejalari bilan o'rtoqlashdi.
33 yoshli Pike «ko'k-anorranglilar» sharafini 2008 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Bundan tashqari, u «Manchester Yunayted» va «Saragosa» klublarida ham o'ynagan. 2009 yildan 2018 yilgacha Ispaniya terma jamoasida o'ynadi.
«Faoliyatimni «Barselona»da yakunlayman. Lekin, qachon yakunlanimni bilmayman. Qancha yoshim o'tgan sari, shuncha kuchli bo'lib boraverman. Aminmanki, faoliyatimni shu erda yakunlayman, chunki, o'zimni boshqa futbolkada tasavvur qila olmayman. «Barselona» - mening hayotim va bu erdan ketishni xohlamayman», - Pikening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270