Lempard: «U o'zimizga ham kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283

Angliyaning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frank Lempard Frantsiya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kante jamoa uchun naqadar muhim futbolchi ekanligi haqida fikr bildirdi.
«To'xtab qolgan chempionat mobaynida tarkibimizda to'rtta yoki beshta jarohat olgan futbolchilar bor edi. Asosiy yo'qotish Kante bo'lishiga sal qolgandi. Joriy mavsumda Ngolo atigi 40qirq foiz maydonga tushdi. Hatto, shu o'yinlarda ham u katta yordam berdi.
Tan olish kerak, uning yo'qligi bizga katta qiyinchiliklar tug'dirdi. Kante «Chelsi» uchun muhim futbolchi. U o'z pozitsiyasida dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. Men bu haqda «Chelsi» klubi bosh murabbiyi bo'lib ish boshlashimgacha bilganman, so'nggi paytlarda uning o'yinlaridan qoniqyapman. Albbat, barchamiz Kantening o'z formasiga kirib borishini kutyapmiz. U o'zimizga ham kerak», — dedi Frank Lempard.

Bosh sahifaga
244