UEFA milliy chempionatlarga «bahor-kuz» tizimiga o'tishni maslahat berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

UEFA qit'adagi musobaqalarni "bahor-kuz" tizimiga o'tkazish g'oyasini o'ylab ko'rmoqda.
Mazkur tashabbus 2019/2020 yilga mavsumni oxiriga etkazib qo'yish istagi bilan bog'liq bo'lib, g'oya amalga oshiriladigan bo'lsa, to'xtab qolgan chempionatlar 2020 yilning avgust-noyabr oylarida davom ettiriladi.
Keyingi mavsum esa 2021 yilning fevral-mart oylarida boshlanishi mumkin. Bu esa musobaqalarni 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda o'tkaziladigan Mundialga moslashtirish imkonini beradi.
UEFA bu rejani amalga oshirishga qat'iy qaror qilsa, o'z tavsiyasini 15 mayga qadar milliy futbol assotsiatsiyalariga yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250