Rasman! Italiya klublari ertadan mashg'ulotlarni boshlashga ruxsat berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257
Italiya klublari ertaga — 4 may, dushanba kuni mashg'ulotlarni boshlashlari mumkin. Ularga faqat o'z bazalarida shug'ullanishlari uchun ruxsat berildi.
Italiya hukumatining avvalgi qaroriga ko'ra, A seriya klublari 18 maydan mashg'ulotga kirishishlari kerak edi. Ammo hukumat o'z qarorini o'zgartirib, klublarga ertaroq ruxsat berdi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.
Shunga qaramay, A seriya mavsumi qachon davom ettirilishi hozircha aniq emas. Ushbu masala 20ta jamoa ishtirokidagi bo'lib o'tadigan yig'ilishda hal qilinishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!