«Bavariya» Evropa klublariga taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359
«Bavariya» klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge Evropa klublariga taklif bilan chiqdi.
"Futbol yanada aqlli va mantiqiy bo'lishi uchun nafaqat Germaniya futbol haqida, balki butun Evropa futbol haqida gaplashishimiz kerak. Futbolchilarning maoshlari va ularning agentlariga to'lanadigan pul miqdori yildan yilga oshib bordi.
Ortiqcha xarajatlaridan qutulish kerak bo'lgan payt keldi. Barchasini o'ylab ko'rish kerak. Shuningdek, maoshlarga limit joriy qilish haqida o'ylab ko'radigan vaqt keldi. Bu ajoyib ish bo'lar edi", – dedi Rummenigge "Kicker" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!