A seriyaning 3ta klubiga mashg'ulotni boshlashga ruxsat berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

Italiyaning ikkita hududi hokimiyati futbol klublariga mashg'ulotlarni boshlash uchun ruxsat berdi. Buning uchun jamoalar ehtiyot choralarining bajarilishiga kafolat berishlari kerak. Bu haqda "Gazzetta dello Sport" xabar tarqatdi.
Qarorga ko'ra, "Latsio", "Fiorentina" va "Roma" klublari 4 may kunidan mashg'ulotlarni boshlashlari mumkin. Avvalroq SPAL, "Parma", "Bolonya", "Sassuolo" va "Napoli" klublariga ruxsat berilgan edi.
Ammo ruxsat olgan barcha klublar ham ushbu huquqdan foydalanmoqchi emas. Jumladan, "Parma" va SPAL klublari Italiya huqumatining rasmiy qarorini kutishga qaror qilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
137