Ronaldu «Yuventus»ning so'nggi 10 yillikdagi ramziy jamoasiga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 399

Ispaniyaning taniqli "AS" nashri "Yuventus" safida 2010 - 2019 yillarda o'ynagan futbolchilardan ramziy jamoa tuzdi.
"Keksa sinora" darvozasini haqli ravishda Janluidji Buffon egalladi.
Mudofaa chizig'ining o'ng qanotidan Shtefan Lixtshtayner joy olgan bo'lsa, chap qanotiga Aleks Sandro joylashtirildi. Markaziy himoyani Andrea Bardzali va Jorjo Kellini juftligi egalladi.
Yarim himoya esa Pol Pogba, Arturo Vidal va Andrea Pirlo kabi futbolchilardan tashkil topdi.
"Yuventus"ning hujum uchligi Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Karlos Tevesdan iborat bo'ldi.
«Yuventus»ning so'nggi 10 yillikdagi ramziy jamoasi:

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
136