UEFA Evropa Ligasi reglamentiga o'zgartirish kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 431

UEFA ijroqo'mi 30 aprel kuni yig'ilish o'tkazgan va 2020/21 yilgi Evrokuboklar bilan bog'liq qaror chiqardi.
Gap shundaki, mamlakatlarda ichki kubok uchrashuvlarining yakunlanmay qolishi Evropa Ligasi reglamentida ko'zda tutilmagan. Bu vaziyat koronavirus sabab futbol uchrashuvlari muddatidan avval yakunlangan Niderlandiya va Frantsiya bilan sodir bo'ldi hamda boshqa ligalarda kuzatilishi mumkin.
Buning natijasida kubok sohiblari aniqlanmay qoladi. Ma'lumot uchun, bir qancha mamlakatlarda kubokni qo'lga kiritgan jamoalar Evropa Ligasi yo'llanmasiga ega bo'ladi.
Qarorga ko'ra, reglamentdan mazkur band olib tashlanadi. Agar kubok sohibini sport tamoyillari orqali aniqlashning iloji bo'lmasa yoki kubok finali o'tkazilmay qolsa, ushbu mamlakatda yo'llanma musobaqa jadvaliga asoslangan holda taqdim etiladi.
UEFA bu qaror borasida mintaqaning barcha federatsiyalarini ogohlantirgan.

Bosh sahifaga
242