De Ligt: «Meni arzon narxga sotib olishlarini xohlardim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 507
Niderlandiya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Matteys De Ligt Italiyaga ko'chib o'tganidan keyin, yuqori transfer summasi unga ortiqcha bosim o'tkazganini tan oldi.
Matteys De Ligt «Yuventus» klubiga «Ayaks» klubidan 75 million evro evaziga ko'chib o'tgan va dunyoning eng qimmat himoyachilaridan biriga aylangan.
«Ular menga juda ko'p diqqat-e'tibor qaratishdi va mendan ajoyib o'yinlar kutishdi, chunki, menga katta mablag' sarf qilingandi, shu sababli mendan umidlari kuchayib ketdi.
Menga o'rnak bo'la oladigan futbolchilar borligi albatta yaxshi. Ular haqiqatdan ham menga yordam berishmoqda. Masalan, katta mablag' mablag' evaziga sotib olingan Virdjil Van Deyk ko'p maslahat beradi. Klubda esa Leonardo Bonuchchi va Djordjo Kellinilar yordam berishadi», — dedi De Ligt.