Frantsiyaga futbol qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 311
Frantsiya professional ligasi (LFP) rahbari Dide Kvillo Frantsiya kubogi va Liga kuboklari taqdiri haqida fikr bildirdi.
"Agar avgust oyida muxlislarsiz o'yinlarni o'tkazishga ruxsat oladigan bo'lsak, ehtimol avgust oyining boshida turnir finali bo'ladi.
Agar final bo'ladigan bo'lsa va finalda "PSJ" mag'lubiyatga uchrasa, u holda final g'olibi Evropa Ligasiga yo'llanma oladi. Agar "PSJ" Frantsiya Kubogini qo'lga kiritsa, u holda Evropa Ligasiga Frantsiya chempionatining 5-o'rnini egallagan klub yo'l oladi. Agar "PSJ" Liga Kubogini qo'lga kiritsa, u holda Evropa Ligasiga yo'llanma oltinchi o'rindagi jamoaga beriladi", - Kvilloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda L’Equipe.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya Kubogi finalida "PSJ" "Sent-Eten" klubi bilan bahs olib borsa, Liga Kubogi finalida parijliklar "Lion" klubi bilan bellashadi. Chempionatning beshinchi o'rinini "Nitstsa", oltinchi o'rinini esa "Reyms" klublari egalladi.