Nevill: «Ronaldu Pelening rekordini yangilamoqchi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

"MYu" klubi sobiq himoyachisi Gari Nevill "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Uning asosiy maqsadi — barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi bo'lish. Uning uchun individual sovrinlar muhim ekanini hamisha sezganman. Eng yaxshi bo'lish istagi uni o'zgacha futbolchiga aylantirdi.
Nazarimda, u gollar soni bo'yicha Pelening rekordini yangilamoqchi. Ishonchim komil, u buni uddalaydi. Shuningdek, Krishtianu turli jamoalar safida imkon qadar ko'p sovrinni qo'lga kiritmoqchi", - dedi Nevill.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283