Tyago Silva: "Bu faoliyatimdagi eng g'alati chempionlik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327
Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi himoyachisi Tyago Silva muddatdan oldin yakuniga etgan Frantsiya chempionatida g'olib chiqqanligi haqida fikr bildirdi.
"Men sakkiz yil ichida ettinchi marta Frantsiya chempioni bo'lganim uchun faqatgina Xudoga shukur qilaman. Men bunday sovrinlarga oilamning, do'stlarimning va muxlislarning yordamisiz erisha olmasdim. Men ushbu sovrinni muxlislarga, butun dunyo bo'ylab koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga va barcha tibbiy xodimlariga bag'ishlayman. Iloji boricha maydonga tezroq qaytishimiz uchun ular kurashmoqdalar. Bu faoliyatimdagi juda g'alati chempionlik. Lekin biz buni keyinchalik albatta nishonlaymiz, chunki chempionlikka munosib edik", - deb post qoldirdi Silva o'zining "Instagram"dagi sahifasida.