Klopp "Liverpul"ga qaysi futbolchi kerak ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 601

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Napoli"ning markaziy himoyachisi Kalidu Kulibalining sotib olinishini istamoqda.
Italiyaning TMW nashri xabariga ko'ra, nemis mutaxassisi "qizillar" rahbariyatidan kelasi mavsumda Virjil van Deyk bilan tandem hosil qilishi uchun 28 yoshli senegallik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni so'ragan.
Kloppning so'zlariga ko'ra, Italiya klublarining, shu jumladan "neapolliklar"ning moliyaviy ahvoli Neapolda oltinchi mavsumda o'ynab kelayotgan Kulibalining narxini sezilarli darajada tushirishga majbur qiladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Napoli" o'z himoyachisini 120 million evroga baholagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196