Pyanich "Barselona"ga o'tadimi? Seten javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten "Yuventus" bilan futbolchi almashish mumkinligi haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barsa" yarimhimoyachisi Artur Miralem Pyanich evaziga "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Setenning ta'kidlashicha, hozirgi vaziyat transferlar haqida ochiq gapirishga imkon bermaydi.
“Men rahbariyat bilan tez-tez gaplashaman. Hech kim menga bu haqda hech narsa aytmadi. Qolaversa, Artur allaqachon "Barsa"da qolishni xohlayotganini ikki marta aytgan va men uni juda yaxshi tushunaman. Pyanich ham ajoyib o'yinchi, ammo bugun transferlar to'g'risida gaplashish qiyin masala», — dedi Seten Italiya matbuotiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185