"Vankuver Uaytkeps" hujumchisi Tomas Myuller Evropaga qaytishini istisno qilmadi.

36 yoshli germaniyalik futbolchi "Barselona"da Xans-Diter Flik bilan birga ishlashga qarshi emas. Ilgari ular "Bavariya" va Germaniya terma jamoasida birga ishlagan.

"Agar meni juda yaxshi biladigan Xans-Diter Flik qo'ng'iroq qilganida va menga "Barselona" loyihasi yoqqanida, shunga o'xshash narsani tasavvur qilgan bo'lardim.

Bu top darajadagi klub, u erda sizdan nima kutishayotganini bilasiz," - dedi Myuller.