Keyn jarohatidan forig' bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224
«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn oyog'idan olgan jarohatidan to'la forig' bo'ldi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Joze Mourino xabar berdi.
«Jarohatdan tiklanish — bitta masala, o'yinga tayyor bo'lish — boshqa masala. Keyn uzoq vaqt davolandi. U sog'ayganda esa biz mashg'ulotlarni to'xtatdik», — dedi Mourino.
Keyn yanvar oyida operatsiya qilingan edi. O'shanda angliyalik futbolchi aprel oyida safga qaytishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!