"Real" Xamesning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning narxini ma'lum qildi. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Manbaning yozishicha, "qaymoqranglilar" kolumbiyalik havbekni 40 million evroga qo'yib yuborishga tayyor. Xames katta ehtimol bilan yozda jamoasini o'zgartiradi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi uchun kurashda "Everton" etakchilik qilmoqda. Uning xizmatiga shuningdek, "Vulverxempton" va "Inter Mayami" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!