"Lids" Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383
"Lids Yunayted" tarkibga darvozabon Jo Xartni qo'shib olmoqchi, deya yozmoqda Football Insider.
Ma'lumot uchun, yozda darvozabonning "Byornli" bilan shartnomasi yakunlanadi. 33 yoshli posbon erkin agentga aylanadi va "Lids"ga tekinga yo'l olishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, Jo Marselo Belsa klubiga qo'shilish uchun maoshini kamayishiga ham tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Lids" APLga qaytishga yaqin turibdi. Chempionat tugashiga 11 tur qolganda klub jadvalda 1-o'rinda joylashag. Chempionship pandemiya tufayli noma'lum muddatga to'xtatilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!