UEFA Niderlandiyani evrokuboklarning 1ta kvotasidan mahrum qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi klublarga evrokuboklarning keyingi mavsumi uchun Erediviziya bitta o'rindan mahrum bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Niderlandiya chempionati muddatidan avval bekor qilindi. Shuningdek, chempion jamoa, quyi divizionga tushib ketadigan va yuqori chiqadigan klublar aniqlanmadi. Bundan tashqari, Niderlandiya kubogi ham egasiz qoldi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Kubok finalini o'tkazishning imkoni bo'lmagani bois, Evropa ligasiga beriladigan yo'llanmani Assotsiatsiya chempionatning beshinchi jamoasi «Villem II»ga bermoqchi. Bunday holatda «Feyenoord» Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etsa, «PSV» va «Villem» o'z ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi.
Ammo UEFA ushbu qarorni ma'qullamasligi mumkin. Shunday bo'lsa, «Villem II» evrokuboklarsiz qoladi, «Feyenoord» Evropa ligasi saralashining uchinchi, «PSV» esa ikkinchi bosqichidan bahslarga qo'shiladi.