«Borussiya» Ansu Fatiga ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219
«Barselona» hujumchisi Ansuman Fatiga Dortmundning «Borussiya» klubi qiziqish bildirmoqda.
Agar Jeydon Sancho ushbu mavsum so'ngida jamoani tark etadigan bo'lsa, germaniyaliklar 17 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolashmoqchi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar o'zaro kelishuvga erishishsa, kataloniyaliklar Fatini faqat ijaraga berishlari yoki qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan holda uni "Borussiya"ga transfer qilishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!