Frantsiya hukumati top-5 chempionatlarining barchasi yakunlanishini istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Ispaniya, Italiya, Germaniya va Angliyani ham Frantsiya chempionatidan o'rnak olgan holda, mavsumni erta yakunlashga chaqirdi.
"Le Parisien" tarqatgan xabarga ko'ra, Makron qo'shni mamlakatlar rahbarlari bilan telefon orqali suhbatda chempionatni muddatidan avval yakunlashni maslahat berdi. Shuningdek, Frantsiya sport vaziri Roksana Marasinyanyu ushbu mavzuda Italiya va Germaniyadagi hamkasblari bilan gaplashdi, payshanba kuni esa Ispaniya sport vaziri bilan suhbatlashmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176