Italiya futbol federatsiyasi rahbari: «Hech qachon mavsumni bekor qilmaymiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300

Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina har qanday holatda ham mavsumni oxiriga etkazish tarafdori ekanini aytdi.
«Hozircha men Italiya futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlar ekanman, hech qachon mavsumni bekor qilmayman. Chunki, bu Italiya futbolining o'limiga olib keladi.
Men barcha tomonlar manfaatini himoya qilaman. Takrorlayman, agar ishtirokchilar sog'lig'iga jiddiy xavf bo'lmasa, men mavsumning bekor qilinishiga rozi bo'lmayman. Lekin bunday holatda kimdir menga mavsumni to'xtatish haqida to'g'ridan-to'g'ri va ochiq aytishi kerak.
Mavsumni muddatidan avval to'xtatsak, Italiya futboli 700-800 mln evro yo'qotadi. Agar tomoshabinlarsiz o'ynasak, yo'qotish 300 mln evroga teng bo'ladi. Ishqibozlar bilan davom ettirsak, 100-150 mln evro zarar ko'ramiz», — dedi Gravina "Football-italia"ga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
176