Inesta "Barselona"ning g'oyasiga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi futbolchisi Andres Inesta "Barselona" o'z akademiyasi nomini uning sharafiga o'zgartirish g'oyasini yoqtirmasligini aytdi. Bu fikrni "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Inesta" nomli hujjatli filmda aytgandi.
"Agar akademiya mening sharafimga nomlansa xursand bo'laman. U men uchun juda ko'p narsani anglatadi. Ammo, shu bilan birga men nomni o'zgartirishlariga qarshiman. Chunki, La Masiya orqali juda ko'plab buyuk futbolchilar etishib chiqqan. Men akademiya nomi bilan bog'lanishni emas, uning vakili bo'lganim uchun bog'lanishni xohlayman", — Inestaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202