"Bavariya"ga o'tmoqchi bo'lgan darvozabonning yaqinlari tahdidlar ostida qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330
Abendzeitung Munich portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Shalke" muxlislari agar darvozabon Aleksandr Nyubel "Bavariya" klubiga o'tadigan bo'lsa, u holda oila-a'zolariga jismoniy zarar etkazishlari bilan tahdid qilishmoqda. Ushbu tahdidlarni darvozaboning yaqinlari ish o'rinlarida olishmoqda. Shu sababli, Paderborn yaqinida yashovchi Nyubelning oila-a'zolari ta'tilga chiqib, sayyohat qilishga qaror qilishdi.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida «Bavariya» «Shalke» darvozaboni Aleksandr Nyubel bilan shartnoma imzolashi haqida ma'lum qilgandi. ushbu bitim shu yilning 1 iyul kuni amalga oshishi kutilmoqda. Nyubel «Bavariya» klubi bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Nyubel - «Paderborn» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Shalke» tarkibiga 2015 yilning yozida 600 ming evro evaziga kelib qo'shilgandi.