"Nyukasl" Pochettinoni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylantirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, "Nyukasl"ning yangi rahbari bo'lishi kutilayotgan arab shayxlari Pochettino bilan muzokaralarni boshlab yubordi.
Manbaning xabariga ko'ra, "qarg'alar" Pochettinoni dunyoning eng ko'p maosh oladigan murabbiylaridan biriga aylantirmoqchi. "Nyukasl" Mauritsioga yiliga 19 million funt maosh to'lashga tayyor. APLda faqat Gvardiola undan ko'proq oladi.
Ma'lumot uchun, ayni damda "Nyukasl"ni Stiv Bryus boshqarmoqda. Ammo, mavsum so'nggida qanday natija bo'lishidan qat'iy nazar "qarg'alar" u bilan xayrlashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160