Rasman! "Uotford" dastlabki yozgi transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463
Angliyaning "Uotford" klubi 21 yoshli frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.
Gap shundaki, Pape Guyening "Gavr" klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Frantsiya chempionatining joriy yilgi mavsumi muddatidan avval tugaganligi e'lon qilingach, tomonlar transferni rasmiylashtirishdi. Guye "Uotford"ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.
Futbolchi ingliz klubi bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Pape Liga 2 da joriy mavsumda 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!